Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Qat’iyat maqsadga yaqinlashtiradi

5 Fevral 2026, 21:43

38

IIV akademiyasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda poytaxtimizdagi IIV akademik litseyi o‘quvchilari o‘quv dargohining zamonaviy imkoniyat va sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mas’ullar hamrohligida saf maydoni, o‘quv xonalari, axborot-resurs markazi, sport majmuasi va boshqa maskanlarga sayohat uyushtirildi. O‘quv jarayoniga tatbiq qilingan yondashuvlar, kursantlar erishayotgan yutuqlar, ularning yashash sharoitlari tanishtirildi. Shu bilan birga, o‘quvchilarga akademiya tarixi muzeyi, Vatanparvarlik burchagi, “Buyuk sohibqiron Amir Temur” hamda “Turon qoploni Jaloliddin Manguberdi” xonalarining ahamiyati so‘zlab berildi.

Tadbir yakunida namoyish etilgan “Hayot akademiyasi” filmi o‘quvchilarni kelajak maqsadlari yo‘lida qat’iyat bilan qaror qabul qilish, kelgusida ushbu nufuzli dargohda o‘qib, yetuk malakali mutaxassis bo‘lishga undadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech