Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Qisqa muddatli seminar-trening

22 Fevral 2024, 08:02

461

Joriy yilning 21-fevralidan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun seminar-trening tashkil qilindi.

Bundan ko‘zlangan maqsad xodimlarning kasbiy bilim va malakasini oshirish, jazoni ijro etish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishdir.

O‘quv yig‘iniga IIV Jazoni ijro etish departamenti birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazining tartibotni tashkil etish, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va tezkor-qidiruv bo‘linmalari boshliqlari hamda katta inspektorlari jalb qilingan.

Mashg‘ulotlar tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan “Jazoni ijro etish muassasalarida rejimni ta’minlash”, “Jazoni ijro etish muassasalarida tarbiyaviy va psixologik xizmatlarning mahkumlarni ahloqan tuzatishda tutgan o‘rni”, “Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish”, “Mahkumlarni muassasa sharoitiga rintegratsiya (moslashtirish) va ozod etishga tayyorlash metodlari” hamda boshqa mavzularda olib borilmoqda.

Qisqa muddatli seminar-trening mashg‘ulotlari 23-fevralga qadar davom etadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech