3-4-iyul kunlari Toşkent viloyatida “Qiynoqqa solişga qarşi kuraşiş: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuida öquv kursi taşkil qilindi.
Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi taşabbusi bilan taşkil qilingan maşğulotlarda içki işlar, prokuratura va sud organlari vakillari iştirok etdi.
Öquv kursida inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, qiynoqqa qarşi qabul qilingan hujjatlar, xususan, Nelson Mandela qoidalarining mazmun-mohiyati, qiynoqqa soliş bilan boğliq qilmişlar uçun javobgarlik masalalari, inson huquqlari kafolatlarini kuçaytirişda sud organlarining örni va boşqa şu kabi dolzarb mavzular qamrab olindi.
Ma’ruza va amaliy maşğulotlar Inson huquqlari milliy markazi vakillari, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi, IIV akademiyasi va Malaka oşiriş instituti professor-öqituvçilari, mahalliy va xalqaro ekspertlar tomonidan olib borildi.
Foydali bilim va könikmalar, amaliy tavsiyalarga boy ötgan öquv kursi yakunida tinglovçilardan test sinovi qabul qilinib, ularga sertifikatlar topşirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati