IIV akademiyasida jamoat xavfsizligiga oid qonunlar ijrosining bugungi holati va istiqbollariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.
Manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, qonun ijodkorlari, soha mutaxassislari ishtirok etgan tadbirda jamoat xavfsizligiga oid qonunlar ijrosining bugungi holati, bu borada parlament nazoratining ahamiyati, qonun ijrosini tashkil etish va ta’minlash subyektlarining vakolatlarini takomillashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Olimlar, hamkor tashkilotlar vakillarining ma’ruzalari, fikr-mulohazalari asosida amaliyotdagi muammolarning ilmiy-amaliy yechimlariga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati