Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Qonuniylikni yanada musatahkamlash yo‘lida

14 Aprel 2026, 21:54

87

13-14 aprel kunlari Xiva shahrida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuida navbatdagi o‘quv kursi tashkil qilindi.

Inson huquqlari milliy markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarga ichki ishlar, prokuratura va sud organlari vakillari jalb etildi.

Tinglovchilar qiynoqqa solish, asossiz ushlab turish va qamoqqa olishga qarshi xalqaro standartlar, Nelson Mandela qoidalari va aybsizlik prezumpsiyasining mazmun-mohiyati, huquqni qo‘llash amaliyotida inson huquqlarini ta’minlash, qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlari uchun belgilangan javobgarlik, bu borada xalqaro amaliyot va milliy tajribaning o‘ziga xos jihatlari yuzasidan ma’ruzalar tingladilar.

Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar sudyalar, Inson huquqlari milliy markazi mutaxassislari, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Davlat va huquq instituti, IIV akademiyasi hamda Malaka oshirish instituti vakillari, mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan olib borildi. Yakunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Muntazam ravishda tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslari sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada musatahkamlash, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash, xodimlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech