Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Rahbarlik fazilatlari yetkazildi

20 Fevral 2024, 09:02

1166

Bugungi islohotlar davrida boshqaruv kadrlariga yuqori talablar qo‘yilmoqda. Zamonaviy rahbar har jihatdan o‘rnak bo‘lishi, jamoaga motivatsiya berishi, eng muhimi, o‘zi faoliyat yuritayotgan tizim obro‘yini yuksaltirishi kerak.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, siyosiy fanlar doktori Otabek Hasanov Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ta’lim olayotgan magistrlar bilan uchrashdi. Muloqot jarayonida ichki ishlar organlarining xalqchil faoliyatini ta’minlashda rahbar kadrlarning o‘rni haqida fikr almashildi.  

Siyosatshunos olim ko‘p yillik izlanishlari va tajribasi asosida rahbarlik fazilatlariga to‘xtaldi. Uning aytishicha, yangi zamon rahbari ilm-ma’rifatli bo‘lishi, maqsadni to‘g‘ri qo‘yishi, faoliyatini tahlil qilib, strategik rejalashtirishi lozim. Boshqaruv kadrlari tayyorlashda faqat bilim va amaliy ko‘nikmalarning o‘zi kifoya qilmaydi, akchincha, rahbarlik mezonlarini shakllantirish ham muhim sanaladi.

– Jamoatchilik fikri degan tushuncha bor. Ya’ni bir xodimning ijobiy yoxud salbiy xatti-harakati misolida butun tizimga baho berilishi mumkin. Shu bois, har bir rahbar oldida, avvalo, tizim sha’nini himoya qilish mas’uliyati turadi. Buning uchun u halol, vijdonli va yuksak muloqot madaniyatiga ega bo‘lishi, qanday masala bo‘lmasin, mohiyatini anglab, to‘g‘ri qaror qabul qilishi kerak, – dedi Otabek Hasanov.

Motivatsion ruhda o‘tgan tadbirda rahbarning ma’naviy qiyofasi, liderlik qobiliyatini shakllantirish yo‘llari, ichki ishlar organlari uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlashda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar xususda atroflicha so‘z yuritildi. 

Shu kuni Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari o‘quv dargohi boshlig‘i Rustam Xatamov bilan ham uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik memorandumini imzolash, kelgusidagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, hududlarda jinoyatchilikni jilovlash, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, “mahalla yettiligi” tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha birgalikda metodik qo‘llanmalar tayyorlash, ta’lim jarayonida ma’naviy ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalari qizg‘in muhokama qilindi. Otabek Hasanov akademiya faoliyatiga tatbiq qilingan yangi mexanizmlar, kursantlar erishayotgan yutuqlarni alohida e’tirof etdi.

IIV akademiyasi Axborot  xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech