IIV akademiyasida jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sayyor sud bo‘lib o‘tdi.
Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan majlisda “huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya faoliyati” ta’lim yo‘nalishi kursantlari hamda ixtisoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham qatnashdi.
Sudda aybdorning qilmishi qonun asosida ko‘rib chiqilib, unga nisbatan tegishli hukm o‘qildi. Shundan so‘ng sud raisi Baxtiyor Alimov kursantlar bilan muloqot qilib, tergovga qadar tekshiruv jarayonida protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish, huquqbuzarliklarni malakalashning muhim jihatlariga to‘xtaldi.
Muloqot chog‘ida kursantlar sayyor sudda ko‘rilgan ish va boshqa masalalarda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, nazariy bilimlarni amaliyotda samarali qo‘llash yuzasidan tavsiyalar olishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati