Yurtimizdagi yangilanişlar, izçil islohotlar davrida içki işlar organlari faoliyati ham mutlaqo yangiça mazmun-mohiyat kasb etdi. Tizimni aholiga yaqinlaştiriş va çinakam xalqçil tuzilma sifatida şakllantiriş maqsadida amaliyotga yangiça mexanizmlar joriy qilindi. Bunda, eng avvalo, aholi bilan manzilli işlaş, fuqarolarni taşvişga solayotgan masalalarni joyida hal etiş, hududlarning kriminogen vaziyatiga ta’sir körsatayotgan omillarni barataf etiş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş orqali jinoyatçilikni jilovlaşga alohida e’tibor qaratildi.
Prezidentimiz içki işlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga yöllagan bayram tabrigida içki işlar organlari uçun professional kadrlar tayyorlaş böyiça samarali tizim yaratilganini alohida ta’kidladi.
Çindan ham, keyingi yillarda tizimni har jihatdan professional kadrlar bilan ta’minlaş borasida mutlaqo yangi bosqiçga qadam qöyildi. Yoşlarni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, bolaligidan kasbga yönaltiriş, yuqori malakali huquqşunos sifatida tayyorlaş maqsadida ixtisoslaşgan maktab-internat, idoraviy akademik litseylar taşkil qilinib, ta’limning uzluksiz jarayoni yölga qöyilgan bölsa, Içki işlar vazirligi akademiyasi faoliyati milliy va xalqaro tajribaning ilğor yondaşuvlari asosida tubdan takomillaştirildi.
Bugungi kunda akademiyada bakalavriat va magistraturadan iborat ikki bosqiçli oliy ta’lim tizimi joriy qilingan. Bakalavriat bosqiçi 9 ta ixtisoslik yönalişini öz içiga olib, unda kursantlar modulli tizim asosida ta’lim oladi. Öquv jarayonlarining 60 foizi nazariya, qolgan 40 foizi amaliyotga qaratilgan bölib, kursantlar birinçi kursdan boşlab mutaxassislik, yuridik, jangovar va jismoniy bilim hamda könikmalarni özlaştirib boradi.
Ta’lim sifatini oşiriş maqsadida hududiy içki işlar organlari sohaviy xizmatlari rahbarlari iştirokida onlayn mahorat darslari ötkaziş, kursantlarning öquv tezkor-tergov guruhlari tarkibida hodisa joyiga çiqqan holda amaliy könikmalarini şakllantiriş, içki işlar organlari sohaviy xizmatlari va hududiy bölinmalarida bazaviy amaliyotlar taşkil qiliş, şuningdek, “Muloqot” klubi, “Final” kompleks öquv maşğulotlari hamda sayyor sud majlislari orqali kursantlarni kasbga yönaltiruvçi mexanizmlar yölga qöyilgan.
Yangi Özbekistonda yangi içki işlar organlarini töla qaror toptiriş yölidagi islohotlar soha xodimlari, ayniqsa, rahbar kadrlar oldiga dolzarb talab va mezonlarni qöymoqda. Hozirgi zamon rahbari yetuk, salohiyatli, vatanparvar va fidoiy, muvaffaqiyat sari intiluvçi, javobgarlikni öz zimmasiga olişga qodir, tom ma’noda omilkor boşqaruvçi bölişi şart. Akademiya magistraturasida “universal rahbar” tizimi joriy etilgani şunday kadrlarni tayyorlaşga xizmat qilmoqda.
Davlatimiz rahbari bu haqda töxtalib, har bir xodim navbatdagi unvonni olişi uçun majburiy tarzda kasbiy malakasini oşirişi, rahbarlik lavozimiga tayinlanişi uçun Içki işlar vazirligi akademiyasining boşqaruv magistraturasida tahsil olişi belgilangani ijobiy samara berayotganini alohida qayd etdi.
Şu örinda yana bir jihatni aytiş lozim. Tizimdagi yangilanişlar natijasida jinoyatçilikni ilmiy jihatdan tadqiq etiş amaliyoti yölga qöyildi. Mazkur yönalişda akademiya professor-öqituvçilari tomonidan respublikamizning barça hududlari, ayniqsa, jinoyatlar salmoği yuqori mahallalarda tizimli işlar olib borilmoqda. Bunda sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning sabablari, ularga imkon bergan şart-şaroitlar, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotgan omillar ilmiy tahlil qilinib, jinoyatçilikni jilovlaşga qaratilgan taklif va tavsiyalar, metodik qöllanmalar işlab çiqilmoqda hamda amaliyotga keng tatbiq etilmoqda.
Joriy öquv yilidan mazkur faoliyatni takomillaştiriş maqsadida yangi tizimga ötildi. Unga köra, akademiyaning ixtisoslik va yuridik kafedralari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahriga biriktirilib, hududlarning kriminogen holatini örganiş orqali huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş faoliyatini samarali taşkil etiş böyiça içki işlar organlariga metodik yordam körsatiş, şuningdek, ta’lim muassasasini tamomlagan yoş xodimlar faoliyatini monitoring qiliş amaliyoti yölga qöyildi.
Prezidentimiz mazkur yönalişdagi işlarning mantiqiy davomi sifatida uşbu yildan “mahalla yettiligi” tizimi joriy qilingani, profilaktika inspektori ana şu tizimning eng faol a’zosi sifatida aholi muammolarini hal etişga qaratilgan manzilli çora-tadbirlarni amalga oşirişiga ham e’tibor qaratdi. Mazkur faoliyatni ilmiy-metodik jihatdan ta’minlaş esa mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirişga xizmat qiladi.
Bir söz bilan aytganda, davlatimiz rahbari tabrigida e’tirof etilgan yangilanişlar, dolzarb ahamiyatga ega vazifalar tizimning barça xodimlari, ayniqsa, akademiya jamoasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Çunki hamma sohalarda bölgani kabi içki işlar tizimida ham yuksak malakali, zamonaviy fikrlaydigan, öz kasbiga, Vatanimiz va xalqimizga sodiq kadrlar islohotlar taqdirini belgilab beradi. Buning uçun har birimiz, avvalo, şaxsiy fazilatlarimiz bilan yoş avlodga örnak bölişimiz kerak. Yangi Özbekistonda yangi içki işlar organlarini töla qaror toptiriş yölidagi sa’y-harakatlarimiz ana şu mezonlarga boğliq.
Jamşid XOLOV,
IIV akademiyasi axborot xizmati mutaxassisi, kapitan