Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Sanʼat vakillari bilan uchrashuv

27 Sentyabr 2021, 05:09

679

“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir “Yurtga sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” deb nomlandi.

Besh muhim doirasida yoshlarning adabiyot va sanʼatga bo‘lgan qiziqishini yuksaltirish, ijodiy salohiyati va isteʼdodlarini ro‘yobga chiqarish hamda ona Vatanimizga daxldorlik hissini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda O‘zbek davlat drama teatri jamoasi IIV O‘quv-dala markazida bilim olayotgan kursantlar mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov, taniqli ijodkorlar Tamara Mirmaqsudova, Ilhom berdiyev, Kamoliddin Rahmonov va boshqalar so‘zga chiqib, istiqlol yillari xalqimiz maʼnaviy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, davlatimiz rahbarining yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga ulkan eʼtibor va g‘amxo‘rligi, xususan, milliy adabiyotimiz va sanʼatimizni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida gapirib o‘tishdi.

Sanʼat namoyandalarining qizg‘in ijodiy faoliyati, tarixiy spektakllardan parchalar, mahorat bilan ijro etilgan chiqishlar yoshlarning maroqli hordiq chiqarishiga xizmat qildi.

 

Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bolimi

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech