Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Savdo yarmarkasi tashkil qilindi

25 Dekabr 2025, 07:12

65

Yangi yil yaqinlashgani sayin bayramni ko‘tarinki ruhda nishonlash taraddudi boshlanadi.

Bayram munosabati bilan IIV akademiyasi xodimlari, ushbu maskanda ta’lim olayotgan kursant va tinglovchilar uchun oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil qilindi.

Yarmarkada yurtimizda yetishtirilgan meva-sabzavotlar, sarxil ichimliklar, oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlar savdoga qo‘yildi. Narxlarning mahalliy bozorlarga nisbatan arzonligi, mahsulotlarning peshma-pesh yetkazib berilgani xaridorlarga qulaylik yaratdi.

Rastalarga qo‘yilgan xilma-xil noz-u ne’matlar chinakam Yangi yil shukuhini bag‘ishladi. Bayram dasturxonimiz uchun zarur masalliqlardan oldik. Ham vaqtimiz, ham xarajatimiz tejaldi, – deydi Jinoyat huquqi kafedrasi professori, podpolkovnik Dilrabo Karimova.

Kun davomida faoliyat ko‘rsatgan yarmarkada go‘sht, baliq mahsulotlari, mahalliy tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan ro‘zg‘orbop mahsulotlarga ehtiyoj yuqori bo‘ldi. Muhimi, jamoa a’zolari ularni hamyonbop narxlarda sotib oldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech