Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

“Sayyor akademiya”: navbatdagi maşğulotlar yakunlandi

21 Dekabr 2023, 21:01

1908

19-20-dekabr kunlari Xorazm viloyati içki işlar organlarida profilaktika inspektorlari uçun sayyor maşğulotlar taşkil qilindi.

Öquv dasturiga binoan, IIV Akademiyasi professor-öqituvçilari tomonidan içki işlar organlaridagi keng qamrovli islohotlar va dolzarb vazifalar atrofliça yoritildi. Xususan, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktikani taşkil etiş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, jinoyatçilikni jilovlaş, bu borada “mahalla yettiligi” a’zolari zimmasidagi ustuvor vazifalar tuşuntirib ötildi.

Bundan taşqari, soha vakillari aholi murojaatlari bilan işlaş, huquqbuzarliklarni malakalaş va işga doir protsessual hujjatlarni töğri rasmiylaştiriş, xizmat jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni yengib ötiş borasida zarur bilim va könikmalarga ega böldilar.

Seminar-trening tarzida, interfaol yondaşuvlar asosida olib borilgan maşğulotlar profilaktika inspektorlarining iş tajribasini oşirişda muhim ahamiyat kasb etgani, şubhasiz.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech