Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi

26 May 2025, 07:05

209

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida IIV akademiyasi magistrlari uchun o‘quv seminari tashkil qilindi.

Tadbir avvalida markaz rahbari, siyosiy fanlar doktori Otabek Hasanov so‘z olib, ikki tomonlama hamkorlik doirasida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar ichki ishlar organlari uchun zamonaviy boshqaruv kadrlarini tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

O‘quv seminari davomida mamlakatimiz hayotida kechayotgan o‘zgarishlar jarayonida davlat xizmatchilari, xususan, ichki ishlar organlari xodimlariga qo‘yilayotgan talablar, tizim xalqchilligini oshirish omillari, aholi bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlari, xodimlarda kasbiy barqarorlik va axborot xurujlariga qarshi immunitetni shakllantirish yo‘llari kabi mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shu kuni tinglovchilar markaz faoliyati hamda axborot maydonida raqobatbardosh milliy kontent yaratish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdilar.

Mashg‘ulotlar poytaxtimizdagi Millat fidoyilari xiyobonida davom ettirildi. Mustaqillik yillari yurt himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish maqsadida barpo etilgan majmua iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech