Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Sayyor mashg‘ulotlar tashkil qilindi

31 Iyul 2025, 07:07

72

IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan hududlarda sayyor o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazildi.

Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Namangan viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etilgan mashg‘ulotlarga tuman-shahar ichki ishlar organlari boshliqlari jalb qilindi.

Mashg‘ulotlarda mahallalarning kriminogen vaziyatini baholash va prognoz qilish, hududlarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash, “oila – maktab – mahalla” tamoyili asosida voyaga yetmaganlar o‘rtasida profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish, ichki ishlar organlarida qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlash kabi dolzarb masalalar yoritilib, amaliyotga tatbiq qilinayotgan yangicha mexanizmlar tushuntirildi. Shu bilan birga, hududlardagi ayrim muammolar tahlil qilinib, ularning ilmiy-amaliy yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Muhimi, o‘tkazilgan mashg‘ulotlar soha xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish orqali tizim samaradorligini oshirish, mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech