Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Sayyor sud va davra suhbati bo‘lib o‘tdi

23 Fevral 2026, 15:04

104

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining navbatdagi sayyor sudi IIV akademiyasida bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 461,183, 1851, 194-moddalarini buzgan shaxslarning xatti-harakatlariga qonun doirasida huquqiy baho berildi. Jarayonni sud protsessi ishtirokchilari bilan birga, kursantlar hamda ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari ham kuzatib bordi.

Majlisdan so‘ng sudyalar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. Unda ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar, ma’muriy huquqbuzarliklarni malakalash, protsessual hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, har bir ish bo‘yicha qonuniy va asoslantirilgan qaror qabul qilish yuzasidan fikr almashilib, kursantlarga kerakli tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech