IIV akademiyasida qahramonlarcha halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlariga bag‘ishlab xotira turniri o‘tkazildi.
Tadbir oldidan tizimda sharaf bilan xizmat qilgan, muqaddas burchini yuksak darajada ado etib, ulkan jasorat ko‘rsatgan marhum xodimlarning xotirasi yodga olindi.
Musobaqada faxriylar, professor-o‘qituvchilar va kursantlar faol ishtirok etdi. Murosasiz bahslar yakunida iste’fodagi polkovnik Abdukarim Shodiyev, podpolkovnik Sergey Petryanin, kursant Xurshidbek Rahimovlar o‘z toifalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati