Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida xalqimizning suyukli farzandi Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Shoira haykali poyida o‘tkazilgan tadbirda ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari vakillari hamda yoshlar yig‘ildi.
Uning hayoti va ijodi, serqirra faoliyati, yurtga muhabbat, vafo va sadoqat, insoniylikni tarannum etuvchi she’rlari, bugungi yoshlar uchun ibratli fazilatlarini e’tirof etildi. Ijodiy merosidan parchalar o‘qilib, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Madaniy-ma’rifiy tadbirda IIV akademiyasidan bir guruh xotin-qizlar ham ishtirok etib, shoira siymosiga yuksak ehtirom ko‘rsatdilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati