Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Shtefan Buxmayer bilan muloqot bo‘lib o‘tdi

17 Fevral 2024, 09:02

442

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi o‘rtasidagi amaliy hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.

Ta’lim muassasasida xalqaro tashkilotning Markaziy Osiyoda zo‘ravon ekstremizmning oldini olish loyihasi rahbari Shtefan Buxmayer bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Hozirgi global sharoitda mintaqaviy va xalqaro darajadagi xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashish, qo‘shma dasturlar asosida ta’lim samaradorligini oshirish, o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.     

Uchrashuv davomida bildirilgan takliflar qizg‘in muhokama qilindi. Tomonlar manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlash borasida bir-birlarini qo‘llab-quvvatladilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech