Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Shu yurtga fidodir bor orzu-havas...

04 Aprel 2024, 09:04

408

Vatan – kindik qonimiz to‘kilgan muqaddas zamin. Qalbida iymoni, or-nomusi bor insongina, ona Vatanini sevib, ardoqlaydi. Uni ko‘z qorachig‘idek asraydi.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida bo‘lib o‘tgan tadbir Vatan va vatanparvarlik tuyg‘ulariga bag‘ishlandi. Ma’rifiy kechada elimiz adog‘idagi san’atkorlardan Gulbahor Erqulova, Bahodir Nishonov, ichki ishlar organlari faxriylari Mirsamad Odilov, Sulaymon Valiyev, bir guruh professor-o‘qituvchilar va kursantlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar yurtimizda kechayotgan ulkan yangilanishlar, yoshlar hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yangi O‘zbekistonda inson qadrining nechog‘lik ulug‘lanayotgani haqida to‘lqinlanib gapirishdi. Istiqbolimizni davom eetiruvchi yosh avlod vakillarining vatanparvarlik, yurtga sadoqat, fidoyilik kabi fazilatlarini yanada yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

– Vatanni tinmay madh etish mumkin, ammo uni qalbdan sevmay turib komil inson bo‘lolmaymiz. Vatan tuyg‘usi – bu ona zaminni, insoniyat va borliqni, tinchlikdek bebaho ne’matni asrab-avaylash, elu yurt koriga yarash deganidir. Ma’naviy pok inson Vatanini, xalqini beminnat sevadi, unga ta’na qilmaydi. Shoirlarimiz bejiz aytmagan, yagona yurt deya olurmiz nafas, shu yurtga fidodir bor orzu-havas, – dedi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova.

Tadbirda yurtimiz osoyishtaligi uchun halovatidan voz kechgan ichki ishlar tizimi xodimlarining sharafli xizmati ulug‘landi. Yoshlar mustahkam bilimi, yetuk kasbiy fazilatlari bilan ustozlariga izdosh bo‘lib yetishishlari, O‘zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari lozimligi aytildi.

Betakror diyorimizni madh etuvchi qo‘shiqlar kechaga fayz kiritdi. 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech