Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi

27 Fevral 2026, 14:48

215

Prezidentimiz tashabbusi bilan payshanba kunining “Yoshlar kuni” sifatida belgilangani yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkam qaror toptirishga xizmat qilmoqda.

IIV akademiyasi kursantlari uchun armrestling, yengil atletika, arqon tortish, stol tennisi, shaxmat-shashka va kibersport bo‘yicha tashkil qilingan musobaqalar ham shu jihati bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Kuch, matonat, epchillik va zakovatni talab etgan bellashuvlar juda qiziqarli o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, armlestling bo‘yicha R. Komilov, yengil atletika bahslarida Z. Bahodirjonov, N. Karimova, stol tennisida B. Egamberdiyev, M. Abdurahimova, shaxmat-shashka bellashuvlarida esa J. Ibragimov, S. Ismoiljonova, O. Sobirov, M. Egambergenova g‘oliblikni qo‘lgan kiritdi.

Arqon tortishda “Jaloliddin Manguberdi” jamoasiga teng keladigani topilmagan bo‘lsa, kibersport musobaqasida “Winfast” jamoasi raqiblarni mag‘lub etib, shohsupaga ko‘tarildi.

Musobaqalar yakunida eng yaxshi natijalarni qayd etganlar taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech