Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi taşabbusi bilan 5–6-noyabr kunlari Jamoat xavfsizligi universitetida kursantlar spartakiadasi taşkil etildi.
Musobaqada poytaxtimizdagi harbiy va harbiylaştirilgan oliy ta’lim muassasalari kursantlari sportning suziş, minifutbol, stol tennisi, voleybol va şaxmat turlaridan özaro bellaşdilar.
Ikki kun davom etgan bahslar yakunida natijalar quyidagiça böldi: minifutbol böyiça IIV akademiyasi birinçi, Qurolli Kuçlar akademiyasi ikkinçi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi uçinçi örinni egalladi.
Stol tennisida faxrli örinlar Bojxona instituti, IIV akademiyasi va Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlariga nasib qildi. Suziş bahslari esa IIV akademiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti vakillari sovrindorlar qatoridan joy olişdi.
Şaxmat musobaqasida ğoliblik Bojxona instituti, IIV akademiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi kursantlariga nasib qilgan bölsa, voleybol böyiça Qurolli Kuçlar akademiyasi jamoasi birinçi, Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi ikkinçi, IIV akademiyasi jamoasi uçinçi örin sohibi böldi.
Şuningdek, spartakiadaning qizlar örtasida keçgan öyinlari ham qiziqarli kuraşlarga boy ötdi. Voleybol va stol tennisi bellaşuvlarida IIV akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona instituti jamoalari mos ravişda şohsupaga kötarilgan bölsa, şaxmatda Bojxona instituti vakili birinçi, IIV akademiyasi vakili ikkinçi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti vakili uçinçi örinni band etdi.
Musobaqa sönggida ğolib va sovrindorlar Kasaba uyuşmalari federatsiyasi tomonidan kubok, medal, diplom hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati