Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan turli tadbirlar barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim poydevor bo‘lmoqda.
IIV akademiyasida o‘tkazilgan sport musobaqasi ham kursant qizlarni mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlaydigan jasur ichki ishlar organi xodimlari etib kamol toptirishga xizmat qildi.
Shu kuni ishtirokchilar 100 va 1000 metrga yugurish, uzunlikka sakrash bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Murosasiz kechgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, Z. Ashurova (100 m), M. Abdurahmonova (1000 m), S. Abduvahobova (uzunlikka sakrash) eng yaxshi natijani qayd etib, g‘olib bo‘ldi.
Musobaqa yakunida barcha sovrindorlar munosib taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati