Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Sudga yuborilayotgan hujjatlar töğri rasmiylaştirilyaptimi?

17 Dekabr 2024, 20:46

1858

IIV akademiyasida sud va içki işlar organlari hamkorligining muhim jihatlariga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi.

Unda Mirzo Uluğbek tumani IIOFMB vakillari, jinoyat işlari böyiça tuman sudi sudyalari, profilaktika inspektorlari, professor-öqituvçilar va kursantlar iştirok etdi.

Davra suhbati avvalida akademiya boşliği yordamçisi Ismoil Himmatov tadbirning dolzarb ahamiyatiga töxtalib, amaliyotda profilaktika inspektorlari, ayniqsa yoş xodimlar duç kelayotgan ayrim muammolarga e’tibor qaratdi.

Tadbirda ma’muriy huquqbuzarliklar böyiça hujjatlarni töğri rasmiylaştiriş, protsessual xatti-harakatlarni amalga oşirişda qonuniylikni ta’minlaş, şuningdek, mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali taşkil etiş, bu borada “mahalla yettiligi” tizimi bilan hamkorlik qiliş hamda boşqa masalalar yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.

Söz olganlar amaliyotdagi holatlardan misollar keltirib, kursantlarga zarur tavsiyalar berdilar. Tajribali mutaxassislar iştirokida ötkazilayotgan tadbirlar yoşlarning kasbiy bilimlarini mustahkamlaşga xizmat qilayotgani aytib ötildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech