Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

TA’LIM VA TARBIYA FIDOYILIKNI TALAB ETADI

2 Oktyabr 2024, 13:03

1831

Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan Içki işlar vazirligi akademiyasi professor-öqituvçilari uçun bayram tadbiri ötkazildi.

Tadbirda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida ta’lim sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, öqituvçi va murabbiylarning ma’naviy hayotimizdagi örni, yoş avlodni barkamol voyaga yetkaziş yölidagi şarafli mehnatlari e’tirof etildi. 

“Oramizda heç bir inson yöqki, ustoz körmagan, ulardan saboq va nasihat olmagan, nurli hayot yöliga havas qilmagan bölsa. Hayotda qaysi kasbni tanlamaylik, qanday yutuqlarga erişmaylik, barçasining zamirida, eng avvalo, ustozlarimizning maşaqqatli mehnati turadi”, - dedi akademiya boşliği Rustam Xatamov .

Keyingi yillarda inson qadrini uluğlaş, öqituvçi va murabbiylarning jamiyatdagi qadr-qimmatini yuksaltirişga alohida e’tibor qaratilayotgani, ta’limni rivojlantiriş Yangi Özbekistonni barpo etişning ustuvor yönalişlaridan biri etib belgilangani ta’kidlandi. Bu boradagi izçil islohotlarning amaliy natijasi öquv dargohi faoliyatida, jamoa a’zolari erişayotgan yutuqlarda ham namoyon bölayotgani aytib ötildi.

– Davlatimiz rahbari soha vakillari bilan muloqot qilib, “yoşlarimiz ongiga “Men haqiqiy vatanparvar bölaman” degan ğoyani çuqur singdirişimiz kerak”, dedilar. Ta’lim va tarbiya barçamizdan doimo hamjihatlik, faollik va fidoyilikni talab etadigan hayot-mamot masalasi ekanligi alohida ta’kidlandi. Şu ma’noda, jamoamiz oldida ham yangi maqsad va vazifalar turibdi. Işonamanki, öz kasbimizga sadoqatimiz, bilim va tajribamizni işga solib, mamlakatimizga tayanç böladigan yetuk malakali kadrlarni tayyorlaşga munosib hissa qöşamiz, – dedi akademiya boşliği.

Tadbirda yiğilganlar bayram bilan qizğin qutlandi. Ilmiy-pedagogik faoliyatida samarali natijalarga erişgan bir guruh professor-öqituvçilar Içki işlar vazirligi va akademiyaning idoraviy mukofotlari, şuningdek, turli tanlovlar nominatsiyalari bilan taqdirlandi. Akademiya badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi esa barçaga bayramona kayfiyat ulaşdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech