Otaliqqa olingan maktablar öquvçilari Içki işlar vazirligi akademiyasi faoliyati bilan tanişdilar.
“Oçiq eşiklar kuni” yoşlar bilan manzilli işlaş, ularni içki işlar sohasiga qiziqtiriş, hududlarda oliy ta’lim qamrovini oşiriş va iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil qilindi. Tadbirda poytaxtimizning Bektemir tumanidagi 293-sonli hamda Toşkent viloyatining Parkent tumanidagi 27-sonli umumta’lim maktablaridan 51 nafar öquvçi qamrab olindi.
Dastlab öquvçilar axborot-resurs markazi, öquv binolari, saf maydoni, sport kompleksi va kursantlar yotoqxonasida yaratilgan zamonaviy şaroitlar bilan tanişdilar. Ma’naviyat va ma’rifat maskanida öquv dargohi tarixi, vatanparvarlik burçagi, Çölpon muzeyi, kursantlar uçun yölga qöyilgan badiiy havaskorlik tögaraklari haqida sözlab berildi. Yoşlarga akademiya faoliyati haqida hikoya qiluvçi videorolik namoyiş qilindi.
Şu yerning özida öquvçilar bilan oçiq muloqot ötkazildi. Uçraşuvda akademiya vakillari söz olib, yurtimizda yoşlar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi islohotlar, akademiyaga kiriş imtihonlari tartibi, mutaxassislik yönalişlari, öquv jarayoniga tatbiq qilingan zamonaviy yondaşuvlar va kursantlar erişayotgan yutuqlarga töxtalib ötdilar.
Tadbir yakunida tengdoşlariga har tomonlama namuna bölayotgan bir guruh öquvçilar va ularning ustozlari akademiya boşliği nomidan minnatdorlik xati hamda taşakkurnoma bilan rağbatlantirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati