Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi

11 Iyun 2024, 05:06

480

So‘nggi yillarda ichki ishlar organlari tizimida halol va vijdonan xizmat qilib kelayotgan xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Aynan shu yo‘nalishda davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim poydevor bo‘ldi. Ushbu qaror asosida xodimlarning farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli o‘qishga kirish huquqini beruvchi tavsiyanomalar berilishi yo‘lga qo‘yildi.

Shu munosabat bilan IIV Akademiyasida ham samarali mehnat qilib, tizim ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar, va professor-o‘qituvchilarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech