Milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, yoshlarni yuksak insoniy fazilatlar egasi etib tarbiyalashda teatrning alohida o‘rni bor.
Yoshlar kuni munosabati bilan IIV akademiyasi kursantlari O‘zbek milliy akademik drama teatrida “Sizsiz o‘tmas kunlarim” spektaklini tomosha qilishdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli dramaturg Erkin Xushvaqtov asari asosida, rejissyor Marat Azimov tomonidan sahnalashtirgan spektakl yoshlarni oilaviy qadriyatlarni e’zozlashga undagani bilan tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi.
Shu kuni bir guruh kursantlar uchun poytaxtimizdagi Aloqa tarixi muzeyiga ham sayohat tashkil qilindi. Maskandan joy olgan eksponatlar sohaning boy o‘timish va buguni haqida yorqin taassurot uyg‘otdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati