IIV akademiyasida buyuk davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
Buyuk ajdodimiz merosini chuqur o‘rganish va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida tashkil qilingan bellashuvda “Sohibqiron vorislari”, “Temur izdoshlari” hamda “Buyuk turon” jamoalari qatnashdi.
Ishtirokchilar bilimdonlik, zukkolik, notiqlik mahoratlarini namoyish etgan holda asarning mazmun-mohiyati, g‘oyalari va ahamiyatini nechoqlik bilishlarini ko‘rsatib berdilar.
Qiziqarli o‘tgan tadbir yakunida “Temur izdoshlari” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, ko‘rik-tanlovning harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichida qatnashadigan bo‘ldi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati