Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Tergov organlarining sudga qadar hamkorligi: mutaxassislar nima deydi?

1 Iyun 2024, 20:04

2301

Içki işlar vazirligi akademiyasida “Işni sudga qadar yuritişda tergov organlarining hamkorligi: nazariya va amaliyot” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya ötkazildi.

Manfaatdor vazirlik, taşkilot va muassasalar bilan hamkorlikda taşkil qilingan anjumanda soha mutaxassislari, ekspert va olimlar, akademiyaning ixtisoslik kafedralari professor-öqituvçilari hamda “tergov faoliyati” ixtisoslik yönalişida ta’lim olayotgan kursantlari iştirok etdi.

Tadbir avvalida ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi va amaliyot organlari uçun dolzarb ahamiyati ta’kidlab ötildi. Asosiy ma’ruzaçilar söz olib, “Tergovga qadar tekşiruvda sohaviy xizmatlarning hamkorligini taşkil etiş”, “Jinoyat işlarini tergov qilişda maxsus bilimlardan foydalaniş”, “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarni aniqlaş va foş etişda hamkorlikning örni”, “Jinoyatçilikka qarşi kuraşişda tergov va jinoyat-qidiruv organlarining özaro hamkorligini ta’minlaş”, “Tergov idoralarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan hamkorligini takomillaştiriş” mavzularidagi çiqişlari, fikr-mulohazalari tinglandi.

Anjuman iştirokçilari soha faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan takliflarni amaliyotga joriy qiliş, konferensiya yakunlari böyiça ilmiy maqolalar töplamini çop etişga kelişib oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech