Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Terrorizm bilan boğliq jinoyatlarni tergov qilişni boşqariş

6 Aprel 2024, 21:09

2255

1–5-aprel kunlari Içki işlar vazirligi akademiyasida AQŞning Özbekistondagi elçixonasi kömagi bilan “Terrorizm bilan boğliq jinoyatlarni tergov qilişni boşqariş” mavzuiga bağişlangan xalqaro öquv kursi taşkil qilindi.

Tadbir AQŞ Davlat departamentining “Terrorizmga qarşi kuraşişda kömak” dasturi asosida terrorizm bilan boğliq jinoyatlarni tergov qilişni takomillaştiriş maqsadiga qaratildi. Unda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi xodimlari hamda IIV akademiyasining ixtisoslik kafedralari professor-öqituvçilari qatnaşdi.

Beş kun davomida xalqaro mutaxassislar tomonidan “Terrorçilik jinoyatlari yuzasidan hodisa joyini közdan keçiriş”, “Dastlabki tergov jarayonida töplangan aşyoviy dalillarni saqlaş”, “Tergov guruhi a’zolarini şakllantiriş”, “Tergov jarayonida inson huquqlari va jamoatçilik iştirokini ta’minlaş”, “Terrorizm bilan boğliq jinoyatlarni tergov qilişni boşqariş” va boşqa mavzularda maşğulotlar ötkazildi.

Tinglovçilar terrorizm bilan boğliq jinoyatlarni tergov qiliş, mazkur faoliyatni samarali taşkillaştiriş va boşqariş böyiça könikma oşirib, AQŞ tajribasining ilğor jihatlarini örganiş imkoniga ega böldilar. Malakali konstruktor tomonidan iştirokçilarning özlaştiriş darajasi turli interfaol metodlar yordamida tahlil qilib borildi. Öquv kursi yakunida qatnaşçilarga sertifikat berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech