13-14-noyabr kunlari IIV Akademiyasida “Terrorizmni moliyalaştirişda kriptovalyutalardan foydalanişga qarşi kuraşiş” böyiça mintaqaviy maslahatlaşuv bölib ötdi.
Tadbir BMTning Terrorizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi, Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş Yevroosiyo guruhi, Rossiya Federatsiyasining Moliyaviy monitoring böyiça federal xizmati, şuningdek Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Davlat xavfsizlik xizmati hamkorligida taşkil etildi.
Tadbir oçilişida Rossiya Federatsiyasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Oleg Malginov, IIV Akademiyasi boşliği Rustam Xatamov, BMTning Terrorizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi departament boşliği Ulrik Axnfeldt-Mollerup, Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş Yevroosiyo guruhi Kotibiyati maslahatçisi Darya Kudryaşova söz olib, mavzuning xalqaro miqyosdagi dolzarb ahamiyatiga töxtalib ötişdi.
Ta’kidlanganidek, terrorizm va u bilan boğliq tahdidlar global muammo sifatida jahon hamjamiyatini jiddiy taşvişga solmoqda. Terrorizmning har qanday körinişlariga qarşi kuraşiş va uni moliyalaştirişga tösqinlik qilişdan birgina mamlakat yoki mintaqa emas, balki butun dunyo ogoh bölmoği lozim. Çunki axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan hozirgi tahlikali şaroitda terrorçilik faoliyatini moliyalaştiriş imkoniyatlari ham kengayib bormoqda. Mintaqaviy maslahatlaşuv ana şu muammoga birgalikda yeçim topiş va hamkor davlatlar iştirokida preventiv çoralarni işlab çiqişga qaratilgani bilan dolzarb ahamiyatga ega.
Tadbirda Markaziy Osiyo hamda Rossiya, Belarus, Hindiston davlatlari ekspertlari, YXHT, ŞHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi, MDH Aksilterror markazi, Interpol hamda boşqa xalqaro taşkilotlar vakillari tomonidan terrorizmni moliyalaştiriş bilan boğliq muammolar atrofliça muhokama qilindi. Bu borada davlatlarning milliy tizimlarini rivojlantiriş, moliyaviy oqimlar monitoringini yaxşilaş, terrorçilar aktivlarini muzlatiş va kriptovalyutalarning noqonuniy aylanmasiga çek qöyiş, moliyaviy razvedka xizmatlarining faol hamkorligini kuçaytiriş zarurligi ta’kidlandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati