Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Tezkor xodimlar uchun o‘quv yig‘ini

14 Iyul 2026, 20:15

65

13-iyul kunidan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida jazoni ijro etish muassasalarining tezkor qidiruv bo‘linmalari xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi.

Yig‘in davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan “Jinoyat-ijroiya huquqi tushunchasi, vazifasi, prinsiplari va tizimi”, “Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv bo‘limining sohaviy xizmatlar bilan hamkorligi”, “Tezkor-qidiruv tadbirlarining turlari, o‘tkazish asoslari va shartlari”, “Radikalizm, ekstremizm va terrorizm tushunchasi, ularga qarshi kurashish bo‘yicha ichki ishlar organlarining vakolatlari”, “Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va yashash manzilida istiqomat qilayotgan shaxslar bilan o‘tkaziladigan yakka tartibdagi targ‘ibot tadbirlarining o‘ziga xos metodlari” kabi mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, boy amaliy tajribaga ega xodimlar ishtirokida joylardagi muammolar va ularning yechimlarini tahlil qilish, faoliyat samaradorligini oshirish omillari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etish rejalashtirilgan.

O‘quv mashg‘ulotlari 18-iyulga qadar davom etib, yakunda xodimlardan test sinovlari qabul qilinadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech