Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Tizim samaradorligi uchun

18 Iyun 2026, 19:31

40

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida mahalla tizimi xodimlari uchun 2 kunlik sayyor o‘quv-seminar tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarga IIV akademiyasiga biriktirilgan mahallalarda faoliyat yuritayotgan mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlari jalb qilindi.

O‘quv-seminarda tizim vakillarining ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, nizoli vaziyatlarni boshqarish, zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Akademiyaning ilmiy-amaliy salohiyatga ega professor-o‘qituvchilari tomonidan interfaol yondashuvlar asosida olib borilgan mashg‘ulotlar davomida tizim xodimlari zarur bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lib, amaliyotga tatbiq qilingan ilg‘or mexanizmlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech