IIV akademiyasi tomonidan poytaxtimiz tumanlarida ijtimoiy profilaktika subyektlari uchun seminar-treninglar davom ettirilmoqda.
Aytish joizki, shu kungacha Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yangihayot tumanlarida tashkil etilayotgan sayyor mashg‘ulotlarda 2200 nafarga yaqin mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari hamda profilaktika inspektorlari o‘qitildi.
Mashg‘ulotlar davomida “mahalla yettiligi” xodimlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish, faoliyat samaradorligini oshirish, hududlarga ilhor tajribalarni tatbiq etish orqali islohotlar natijadorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mashg‘ulotlar joriy yilning iyun oyiga qadar davom etadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati