Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Tojikistonlik kursantlar amaliyotga yo‘l olmoqda

03 Iyun 2025, 10:06

124

IIV akademiyasining axborot-resurs markazida videokonferensaloqa shaklida onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakulteti rahbariyati, ixtisoslik kafedralari professor-o‘qituvchilari, saf qismi ofitserlari, shuningdek Tojikiston tomondan Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari hamda kursantlarning ota-onalari qatnashdi.

Yig‘ilish avvalida fakultet boshlig‘i, polvoknik O. Matchanov so‘z olib, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni e’tirof etdi. O‘quv dargohida tojikistonlik kursantlarning ta’lim olayotgani azaliy rishtalarning yorqin namunasi ekanligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ta’lim jarayonlari, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlari xususida ma’lumot berildi. Shuningdek, tomonlar kursantlarning tanishuv-amaliyotini samarali tashkil etish, kasbiy ko‘nikmalarni egallashi uchun zarur sharoitlar yaratish, amaliyot davrida shaxsiy xavfsizlik va xizmat intizomiga rioya qilinishini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Onlayn muloqotda Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakillari va kursantlarning ota-onalari ham so‘z olib, yoshlarning zamon talablari darajasida ta’lim olishi uchun yaratilgan ulkan imkoniyatlar uchun samimiy minnatdorlik bildirdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech