Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

TURKIY DAVLATLAR TA’LIM MUASSASALARI ÖRTASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

18 Aprel 2025, 18:34

1203

11-12-aprel kunlari Turkiyaning Izmir şahrida turkiy tilli davlatlar vakillari iştirokida xalqaro simpozium bölib ötdi.

Unda Özbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozoğiston, Turkmaniston, Qirğiz Respublikalari Içki işlar vazirliklari tasarrufidagi ta’lim muassasalari vakillari, ekspert va olimlar mutaxassislar qatnaşdi.

Anjumanda dunyoda keçayotgan geosiyosiy özgarişlar fonida xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarşi kuraşişda sa’y-harakatlarni birlaştiriş, köp asrlik aloqalar, umumiy qadriyatlar va strategik manfaatlar asosida hamkorlikni rivojlantiriş masalalariga e’tibor qaratildi.

Iştirokçilar turkiy tilli davlatlar örtasidagi aloqalar izçil ravnaq topayotgan hozirgi şaroitda ta’lim sohasida hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, huquqni muhofaza qiluvçi organlar uçun kadrlar tayyorlaşning ilğor yondaşuvlarini amaliyotga joriy qiliş, özaro tajriba almaşinuvini kengaytiriş muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdilar.

Simpozium doirasida hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollari atrofliça muhokama qilindi. Dolzarb mavzuda ma’ruzalar tinglanib, turdoş oliy ta’lim muassasalari, xususan, IIV akademiyasida yölga qöyilgan milliy tajribalar taqdimot qilindi. Şu bilan birga, kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilab beruvçi vazifalar belgilab olindi.

Anjuman iştirokçilari xalqaro simpozium köp qirrali aloqalarni mustahkamlaş yölida muhim qadam bölganini e’tirof etib, Turkiy davlatlar politsiya akademiyalari platformasi – “TÜRKPAP”ni ta’sis etiş taşabbusini ilgari surdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech