Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

TURKIYALIK MEHMONLAR AKADEMIYA FAOLIYATI BILAN TANIŞDI

5 Mart 2024, 21:02

1677

Içki işlar vazirligi akademiyasiga Turkiya milliy politsiya akademiyasi huzuridagi Yöl harakati xavfsizligi instituti rahbari Şenol Yaprak boşçiligidagi delegatsiya keldi.

Ikki tomonlama muloqotda Özbekiston – Turkiya örtasidagi özaro hurmat va yuksak işonçga asoslangan munosabatlarning bugungi holati yuzasidan fikr almaşildi. Xalqlarimizni boğlab turgan azaliy qardoşlik riştalari hamkorlik aloqalarining hozirgi bosqiçida mustahkam poydevor bölayotgani e’tirof etildi.

Akademiya rahbari Rustam Xatamov sönggi yillarda mamlakatlarimiz munosabatida yangi davr boşlangani va bu barça sohalarda yaqqol közga taşlanayotganini alohida ta’kidladi. Ayniqsa Turkiya Respublikasining turdoş oliy ta’lim muassasalari bilan tajriba almaşinuvining sezilarli darajada faollaşgani aytib ötildi. 

Öz navbatida, Şenol Yaprak aloqalarni yanada rivojlantirişdan manmunligini bildirdi. “Qardoş mamlakatlar örtasidagi munosabatlarning nafaqat buguni, balki kelajagi ham porloqdir. Samimiy döstlik ruhida ötayotgan uçraşuv bunga dalolat beradi. Biz aloqalarni yangi mazmun bilan boyitiş va bir-birimizni qöllaşga doimo tayyormiz”, dedi u.

Qizğin muloqotdan söng mehmonlar akademiya faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan ilğor yondaşuv va tajribalar, içki işlar organlari uçun rahbar kadrlar tayyorlaşning ustuvor yönalişlari, xalqaro hamkorlik aloqalarining bugungi holati yuzasidan ma’lumot berildi.

Turkiyalik mehmonlar öquv dargohining ulkan salohiyati va istiqbolini e’tirof etib, amaliy hamkorlikni har tomonlama davom ettirişga işonç bildirdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech