Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har yili 1 milliarddan ortiq bola turli xil zo‘ravonliklarga duchor bo‘lmoqda. Shu raqamning o‘ziyoq, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish dolzarb muammo ekanligini ko‘rsatadi.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Turkiya Respublikasi IIV Xavfsizlik bosh boshqarmasi Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi bilan hamkorlikda navbatdagi o‘quv kursi tashkil qilindi. Mashg‘ulotlarda akademiya professor-o‘qituvchilari hamda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati xodimlari qatnashdi.
Turkiyalik tajribali mutaxassislar tomonidan bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonliklar, ularning turlari, xususan, jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurashish masalalari, bu borada umume’tirof etilgan xalqaro huquqiy normalar, ayrim davlatlarning o‘ziga xos tajribasi, shuningdek, bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Turkiya va O‘zbekiston tajribasining ilg‘or jihatlari, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish va kibertahdidlardan asrashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy vazifalari, bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv ishlarini olib borish kabi mavzular atroflicha yoritildi.
Qisqa muddatli o‘quv kurslari yakunida tinglovchilarga sertifikat berildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati