Yoshlar kuni munosabati bilan IIV akademiyasida o‘tkazilgan tadbir faxriylarning ibratli faoliyatini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Uchrashuvda Tohir Mullajonov, Sulaymon Valiyev, Ismoil Himmatov so‘zga chiqib, mamlakatimiz yoshlari uchun yaratilayotgan ulkan imkoniyat va zamonaviy sharoitlarni mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tishdi.
Faxriylar ko‘p yillik faoliyatlari davomida orttirgan boy tajribalari, hayotiy qarashlari, maslahat va o‘gitlarini bo‘lishdilar. Ichki ishlar organlarida xizmat qilish yuksak mas’uliyat, matonat, intizom, fidoyilikni talab etishini aytib, yoshlarni kasbga sadoqatli bo‘lishga chaqirdilar.
Suhbat chog‘ida xalq tinchligi va jamiyat osoyishtaligi yo‘lida xizmat qiladigan har bir yosh, avvalo, o‘z ustida tinmay ishlashi, bilim va tafakkurini oshirishi, xalq ishonchiga munosib bo‘lishni bosh maqsad deb bilishi lozimligi qayd etildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv yakunida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati