Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Vakillarimiz 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

03 May 2025, 05:05

136

Kuni kecha Andijon viloyatining Xonobod shahri Bahodirlar o‘yini bo‘yicha jahon kubogi va tosh ko‘tarish bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qildi.

Nufuzli sport tadbirida dunyoning 20 ga yaqin davlatidan turli yosh toifasidagi 400 nafardan ziyod mahoratli polvonlar  qatnashdi.

Jahon bahslarining tosh ko‘tarish bahslarida IIV akademiyasi vakillari ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Xususan, Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi dotsenti, kapitan A. Mirzaev dast ko‘tarishda oltin, 2-kurs kursantlari Sh. Xudoynazarov, A. Yusupov, M. Bahodirov esa siltab ko‘tarishda kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Yuqori saviyada o‘tgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech