Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining öttiz uç yilligi hamda Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan IIV akademiyasida tantanali tadbir bölib ötdi.
Soha xodimlari, professor-öqituvçilar, faxriylar, magistratura tinglovçilari iştirok etgan tadbirda öquv dargohi boşliği, polkovnik Rustam Xatamov yiğilganlarni samimiy tabrikladi.
Bayram nutqida mamlakatimizda tinçlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş yölida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar e’tirof etildi. Murakkab geosiyosiy şaroitda milliy özligimizni asraş, mafkuraviy xurujlardan ogoh böliş, yoşlarimizning vatanparvarlik tuyğularini kuçaytiriş zarurligi qayd etildi.
Akademiya boşliği davlatimiz rahbarining bayram tabrigidagi ustuvor yönalişlardan kelib çiqib, professor-öqituvçilar oldida turgan dolzarb vazifalarga e’tibor qaratdi.
– Buyuk ajdodlarimizning umr yöli, jasoratga töla hayoti yoşlarimiz uçun çinakam ibratdir. Yoşlarni vatanparvar, fidoyi şaxs etib tarbiyalaş uçun ular qalbidagi yurtga muhabbat va sadoqat tuyğularini yuksaltirişmiz kerak. Zero, Prezidentimiz bugungi kunda barçamiz Vatan himoyaçisi bölişimiz zarur, deya bejiz aytmadilar, – dedi öquv dargohi rahbari.
Tadbirda samarali xizmat faoliyati bilan namuna körsatayotgan bir guruh xodimlar Içki işlar vazirligining idoraviy mukofotlari, maxsus unvonlar hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Badiiy havaskorlik jamoalarining çiqişlari, vatan posbonlarini madh etgan kuy-qöşiqlari tadbirga yakun yasadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati