Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Vatanni ulug‘lagan shoir

20 Aprel 2024, 06:04

355

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilgan ma’naviyat va ma’rifat darsi atoqli shoir Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlandi.

Tadbirda xalqimizning suyukli farzandi yodga olindi. Shoir ijodining yuksak badiiy qiymati, betakror she’riyatida ulug‘langan insonparvarlik g‘oyalarining yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati e’tirof etildi. Samimiy va xalqona she’rlari bilan odamlar qalbidan jon olgan Muhammad Yusufning hayoti va ijodini o‘rganish, umrboqiy merosini qadrlar bugungi avlodlar oldidagi ma’naviy burch ekanligi ta’kidlandi.

Shu kuni shoirning sodda va ravon so‘zlar bilan bitilgan she’rlaridan yod aytilib, “Ulug‘imsan, Vatanim” qo‘shig‘i ijro etildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech