Hozirda yuz nafardan ziyod o‘zbekistonlik yoshlar Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi o‘nga yaqin o‘quv muassasasida ta’lim olmoqda.
Yoshlarimiz qalbida Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat, yurt taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash muhim vazifadir. Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tashkil etilgan o‘quv yig‘ini ana shu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatli.
Bir haftalik yig‘in davomida yoshlar uchun shonli tariximizni, buyuk ajdodlarimizning boy merosini, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni targ‘ib qiluvchi mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, ichki ishlar organlari tizimida ro‘y berayotgan yangilanishlarning mazmun-mohiyati yetkazilib, jahon geosiyosiy maydonida ro‘y berayotgan global o‘zgarishlar, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik bilan bog‘liq dolzarb masalalar atroflicha tushuntirilmoqda.
O‘quv dasturida qiziqarli mavzularga qaratilgan motivatsion tadbirlar ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu ham yoshlarning ma’naviy dunyoqarashi, kasbiy madaniyati, siyosiy dunyoqarashini yuksaltirishga, eng muhimi, yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazishiga xizmat qiladi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati