Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xalqaro davra suhbati

25 May 2024, 08:05

327

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o‘tkazilgan davra suhbati “Huquqbuzarliklarning oldini olish: qonunchilik, muammo va tajribalar” mavzuiga bag‘ishlandi.

Tadbir Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston hamda yurtimizning yetakchi turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda, onlayn formatda tashkil qilindi.

Huquqshunos olimlar, mutaxassis va tadqiqotchilar, ta’lim oluvchilar ishtirok etgan davra suhbatida dolzarb mavzu atroflicha muhokama qilindi. So‘zga chiqqanlarning “Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik xususiyatlari”, “Oiladagi zo‘ravonliklarning oldini olish”, “Jinoyatchilikka qarshi kurashishning muammo va yechimlari”, “Kiberjinoyatlarning oldini olish usullari”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” va boshqa shu kabi ma’ruzalari tinglandi.

Tadbir yakunida hamkor ta’lim muassasalari vakillari mazkur yo‘nalishda ilmiy hamkorlikni kengaytirish, tajribalarni o‘rtoqlashish, faoliyat samaradorligiga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalarni amaliyotga keng joriy qilishga kelishib oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech