Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xalqaro ekspertlar iştirokida milliy brifing ötkazildi

27 Sentyabr 2023, 20:11

2181

Bugun IIV Akademiyasida BMTning Markaziy Osiyoda inson huquqlari va terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça elektron öquv kursiga bağişlangan milliy brifing bölib ötdi.

Tadbir Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi milliy markazi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, BMTning Terrorizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi, şuningdek Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi hamda mamlakatimiz huquqni muhofaza qiluvçi organlari hamkorligida taşkil etildi.

Brifingda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikerining birinçi örinbosari, Inson huquqlari milliy markazi direktori Akmal Saidov, BMT Boş kotibining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Kaxa Imnadze va boşqalar sözga çiqib, terrorizmga qarşi çora-tadbirlar doirasida inson huquqlarini ta’minlaşning asosiy qoidalarini öz içiga olgan elektron öquv kursi bilan taniştiriş tadbirning asosiy maqsadi ekanligini ta’kidlab ötişdi.

Xalqaro ekspertlarning fikriça, Özbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvçi organlari ta’lim muassasalari xodimlari va kursantlari uçun möljallangan mazkur öquv kursi BMTning Terrorizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi, Ta’lim va tadqiqotlar instituti, Markaziy Osiyoda inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasi va boşqa taşkilotlar hamkorligida işlab çiqilgan.

Uşbu elektron öquv kursi Markaziy Osiyo mintaqasi, şu jumladan, Özbekistonda davlatning terrorizmga qarşi kuraşiş sohasidagi faoliyatida inson huquqlarining hisobga olinişini ta’minlaydi. Bunday amaliy qadam davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy sektorning BMT Global aksilterror strategiyasining barça asosiy yönalişlari böyiça faoliyatini uyğunlaştiriş hamda özaro muvofiqlaştiriş imkonini ham beradi.

Soha vakillari, olim va ekspertlar, ta’lim oluvçilar iştirok etgan tadbirda elektron öquv kursining ahamiyati haqida atrofliça söz yuritildi, xorijiy hamda mahalliy mutaxassislarning tavsiyalari tinglandi. Özbekiston Respublikasi hukumati tomonidan terrorizmga qarşi kuraşiş borasida körilayotgan çora-tadbirlar milliy qonunçilik doirasida amalga oşirilayotgani, bu  davlatning xalqaro huquq böyiça majburiyatlariga ham mos kelişi alohida ta’kidlandi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech