Joriy yilning 10–12-aprel kunlari Barnaul yuridik institutida xalqaro yoşlar forumi bölib ötdi.
Anjumanda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston Respublikalari Içki işlar vazirliklari tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalaridan kursant hamda talaba yoşlar, olimlar, tadqiqotçi va mutaxassislar iştirok etdi.
Forum doirasida dolzarb mavzularga bağişlangan anjuman, munozara va davra suhbatlari, viktorina va tanlovlar ötkazildi. MDH davlatlari yoşlari huquqni qöllaş amaliyoti istiqbollari, mavjud muammolar va ularning yeçimlari yuzasidan özaro fikr almaşiş, ilğor taklif va taşabbuslar, innovatsion tajribalar bilan örtoqlaşiş imkoniga ega bölişdi.
Aytiş joizki, xalqaro forumda Içki işlar vazirligi akademiyasi kursantlari ham faol qatnaşdilar. Bilimli va zukko yoşlarimizning çiqişlari xorijlik mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.
Jumladan, iqtidorli kursantlarimiz Anvar Hasanovning “Kriptoaktivlar sohasidagi jinoyatlar böyiça Özbekiston Respublikasida huquqni qöllaş amaliyoti”, Samira Sirayevaning “Axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilişning öziga xos xususiyatlari”, Muhammadrizo Numanovning “Sudlanganlarni axloqan tuzatiş: dolzarb muammolar”, Javlonbek Tohirjonovning “Sud ekspertizalarini ötkazişda şaxsning genom ma’lumotlaridan foydalaniş amaliyoti” mavzuidagi ma’ruzalari turli darajadagi diplomlarga sazovor böldi.
Forum doirasida “Jamoat tartibini saqlaş va jamoat xavfsizligini ta’minlaş” mavzusida xalqaro tanlov ötkazilib, unda yoşlar xorijiy tilda tayyorlagan multimediali taqdimotlari bilan qatnaşdilar. Yakunda kursantimiz Anvar Hasanov “Jamoat tartibini saqlaş böyiça xorijiy tajribasi” nominatsiyasida birinçi, Javlonbek Tohirjonov esa “Tadqiqotning amaliy natijasi uçun” nominatsiyasida uçinçi darajali diplomlar bilan taqdirlandi.
Şuningdek xalqaro anjuman yoşlari uçun esselar tanlovi uyuştirildi. Kursantlarimiz qiziqarli ruhda ötgan tanlovning “Noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş”, “Odam savdosining oldini oliş”, “Migratsiya siyosati muammolari” nominatsiyalarida ikkinçi hamda uçinçi darajali diplomlarga sazovor bölişdi.
Bundan taşqari, akademiyamizning “Yoş yuristlar” jamoasi “Tergov-tezkor guruhi hodisa joyida!” viktorinasida faxrli birinçi, “Taktik harakat” viktorinasida esa uçinçi örinni qölga kiritib, umumiy natijalarga köra yakunda “Xalqaro hamkorlik uçun” kubogi bilan taqdirlandilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati