Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xavfsiz muhit – osoyishtalik garovi

2 Sentyabr 2026, 21:48

71

IIV akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov aholi uchun xavfsiz muhit yaratish maqsadida poytaxtimizning Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ishchi guruh tomonidan ichki ishlar organlari kuch va vositalarining jangovar shayligi, xizmatga jalb qilingan patrullik guruhlari faoliyati, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar atroflicha o‘rganildi.

Mas’ul rahbarlar bilan birgalikda “102” raqami orqali kelib tushayotgan murojaatlar, aholi o‘rtasida ko‘p sodir etilayotgan jinoyatlar, ayniqsa bezorilik jinoyatlari bilan bog‘liq holatlar, ularning asl omillari, “poytaxt namunasi” asosida xavfsiz muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Akademiya boshlig‘i “jinoyat o‘choq”lari sifatida belgilangan hududlar, aholiga kunu tun xizmat ko‘rsatuvchi ko‘ngilochar maskanlar, gavjum ko‘chalarda bo‘lib, kriminogen vaziyat bilan yaqindan tanishdi. Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili munosabati bilan olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Mas’ullarga har bir muammoni joyida hal etish, tungi vaqtlarda nazorat va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, “jinoyat o‘choq”lariga qo‘shimcha kuch va vositalarni yo‘naltirish, o‘quv maskanlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish, “Bilimlar kuni” tadbirlari paytida o‘quvchilar va ularning ota-onalari xavfsizligini ta’minlash, yo‘llarda transport vositalari va piyodalar oqimini tartibga solish yuzasidan tavsiyalar berdi.

O‘rganishlar yakunida kuchaytirilgan xizmat vaqtida shaxsiy tarkibning intizom va mas’uliyatini yanada oshirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish, kriminogen vaziyat bilan bog‘liq masalalar va kelib tushayotgan murojaatlarni zudlik bilan hal etish borasida vazifalar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech