Insonni ulug‘lash, o‘zgalarga mehr-muruvvat ulashish, ehtiyojmandlar holidan xabar olish xalqimizning umrboqiy qadriyatlaridan.
IIV akademiyasi vakillari ham xayrli ishga bosh bo‘lib, poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 105-son imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internati tarbiyalanuvchilaridan xabar olishdi.
Tadbir bahonasida bolajonlar bilan maroqli suhbat qurilib, ularga turli-tuman sovg‘alar ulashildi, maskanda ular uchun yaratilgan shinam sharoitlar bilan tanishildi. E’tibor va g‘amxo‘rlik bolalarga cheksiz quvonch, zavqu shavq ulashdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati