Içki işlar vazirligi akademiyasida Xitoyning Jamoat xavfsizligi universiteti talabalari uçun ikki haftalik öquv kursi taşkil qilindi.
Öquv kursining oçiliş marosimida akademiya boşliği Rustam Xatamov iştirok etib, ta’lim muassasalarimiz örtasida hamkorlik aloqalari izçil rivojlanib borayotganini e’tirof etdi.
“Keyingi yillarda Özbekiston va Xitoy munosabatlari sifat jihatdan yangi bosqiçga çiqdi. Muhim strategik yönalişlar, şu jumladan, ta’lim sohasida ham hamkorlik kölami kengaydi. Bugungi kunda akademiyamiz Xitoyning yetakçi turdoş oliy öquv muassasalari bilan manfaatli aloqalarni yölga qöygan. Galdagi öquv kurslari ham hamkorligimizning amaliy ifodasi sifatida özaro tajriba almaşinuvini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi”, - dedi akademiya boşliği.
Öz navbatida, Jamoat xavfsizligi universiteti professori, delegatsiya rahbari Li Szin xalqlarimiz örtasidagi döstona riştalarni yuksak darajada qadrlaşini aytib ötdi. Uning e’tirofiça, ikki mamlakatni köp asrlik tarix, öxşaş madaniyat va samimiy işonç ruhi boğlab turadi. Bu esa hamkorlik aloqalari ulkan salohiyat va istiqbolga ega ekanligidan dalolat beradi.
Şu kunning özida axborot-resurs markazida dars maşğulotlari boşlab yuborildi. Ilk maşğulotda talabalar özbek xalqi va davlatçiligi tarixi, yurtimiz hududida qadim sivilizatsiyalarning vujudga kelişi, buyuk ajdodlarimiz va tarixiy siymolarimizning jahon ilm-fani rivojiga qöşgan beqiyos hissasi haqida boy ma’lumotlarga ega bölişdi.
Kunning ikkinçi yarmida mehmonlar akademiya faoliyati, xususan, öquv binolari, innovatsion ta’lim jarayonlari, nazariy va amaliy maşğulotlarni taşkil etişda qöllanilayotgan öziga xos yondaşuvlar, kursantlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar. Öquv dargohining zamonaviy qiyofasi xitoylik yoşlarda katta taassurot qoldirdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati