Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Xizmatga shaylik tekshirildi

19 Mart 2024, 07:03

400

Navro‘z – yangilanish, mehr-saxovat, insoniylik ayyomi. Bu yilgi bayramni “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” g‘oyasi asosida nishonlash ko‘zda tutilgan.

Shu kunlarda umumxalq ayyomini ko‘tarinki ruhda qarshi olish va munosib nishonlash, hududlarda jamoat tartibini saqlash hamda yurtdoshlarimizning tinch-osuda hayotini ta’minlash maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bayram munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida navbatdagi saf ko‘rigi o‘tkazildi. Tadbirda shahodatlangan xodimlar hamda tinglovchi-kursantlarning xizmatga shayligi tekshirildi. Shuningdek, shaxsiy tarkib a’zolariga Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablari yana bir bor yetkazildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech