Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Xorij tajribasi örganildi

2 Aprel 2025, 17:34

1334

IIV akademiyasining bir guruh magistrlari Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi tuzilmalari faoliyati bilan tanişdi.

Ilğor xorijiy tajribalarni örganiş maqsadida taşkil qilingan safar davomida tinglovçilar Turkiya IIV Jandarmeriya boş qömondonligi va uning tasarrufidagi tuzilmalar, jumladan, Ekspert-kriminalistika boşqarmasi, Jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi, Yagona boşqaruv markazi, Sohilböyi patrullik boşqarmasi, şuningdek, Maxsus jamoat tartibini saqlaş hamda Aviatsiya qömondonliklarida böldilar.

Tanişuv davomida vakillarimizga mazkur tuzilmalarning vazifasi, faoliyat yönalişlari, amaliyotda qöllanilayotgan maxsus texnikalar va ularning imkoniyatlari, tizimni raqamlaştiriş borasida amalga oşirilgan işlar, ilğor yondaşuvlar natijasida jamoat xavfsizligini ta’minlaş, turli tahdid va xatarlarning oldini oliş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, kuç va vositalarni boşqarişda erişilayotgan yutuqlar körgazmali tarzda namoyiş qilindi.

Bundan taşqari, tinglovçilar jandarmeriya xodimlarining keng qamrovli faoliyati, şaxsiy tarkib uçun yaratilgan şart-şaroitlarni közdan keçirib, özlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislar bilan muloqot qildilar. Anqara va Istanbul şahrining tarixiy joylariga sayohat mamlakat tarixi haqida keng tasavvurga ega böliş imkonini berdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech